Hujjatlar  >>

I. UMUMIY QOIDALAR
1.1. O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi huzuridagi multimedia umumta'lim dasturlarini rivojlantirish markazi (keyingi o‘rinlarda -- Markaz) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 7 iyundagi "O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzurida Multimedia umumta’lim dasturlarini rivojlantirish markazini tashkil etish chora-tadbirlari tug‘risida"gi 110-sonli qaroriga muvofiq tashkil etilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tarkibiga kiruvchi muassasa hisoblanadi.
 
1.2.    Markaz o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari,   O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   farmon, qaror   va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlari, Xalq ta’limi vazirligining hay’at qarorlari, buyruqlar va mazkur Ustav asosida amalga oshiradi.
 
1.3.    Markazning tuliq rasmiy nomlanishi:
o‘zbek tilining lotin alifbosida - O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi huzuridagi multimedia umumta'lim dasturlarini rivojlantirish markazi;
rus tilida - Центр развития мультимедийных общеобразовательных программ при Министерстве народного образования Республики Узбекистан;
ingliz tilida - Center of the development of multimedia education programs under the Ministry of Public Education of the Republic of Uzbekistan.
 
1.4.    Markazning yuridik (pochta) manzili: O‘zbekiston Respublikasi, Mustaqillik maydoni, 5, 417 xona.
 
1.5.    Markaz davlat ro‘yxatidan o‘tganidan so‘ng yuridik shaxs maqomini oladi. Markaz o‘zining mol-mulkiga, balansiga, bank muassasalarida hisob-kitob, valuta va boshqa hisob raqamlariga, O‘zbekiston Respublikasi davlat gerbi tushirilgan muhrga, shtampga, emblemaga va faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan boshqa xizmat atributikasi hamda rekvizitlarga
ega.
 
1.6.    Markazning moddiy-texnika ta’minoti va xodimlar mehnatiga xaq to‘lash davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar doirasida va qonunlar bilan ta’qiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan yuritiladi.
 
 
II. MARKAZNING ASOSIY VAZIFALARI VA FUNKSIYALARI
2.1. Markazning asosiy vazifalari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
ta’lim beradigan elektron multimedia ilovalarni ishlab chiqish;
ilgari ishlab chiqilgan ta’lim beradigan elektron resurslar va nashrlarni boshqa tillardan mahalliy tillarga moslashtirish va mahalliylashtirish;
kompyuter              asbob-uskunalaridan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha ta’lim beradigan resurslar va treninglardan foydalanish samaradorligini tadbiq qilish, tahlil etish hamda monitoringini olib borish;
Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutlari xodimlari uchun trening kurslarini ishlab chiqish va ularni o‘tkazish;
axborot-ta’lim veb-portali joylashtiriladigan server maydonchasini tashkil etish, qo‘llab-quvvatlash va boshqarish;
axborot-ta’lim veb-portalini tashkil etish va qo‘llab-quvvatlash;
umumta’lim maktablarini axborot-ta’lim veb-portaliga ulash.
 
2.2. Markaz o‘ziga yuklatilgan vazifalarni ijrosini ta’minlash maqsadida quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi;
Xalq ta’limi tizimida axborotlashtirishni rivojlantirish bo‘yicha konsepsiya, strategiya va dasturlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;
ta’lim beradigan elektron multimedia ilovalarni ishlab chiqishda, ta’lim tizimini axborotlashtirish Davlat dasturlari va Xalqaro moliya institutlari ishtirokidagi investitsion dasturlar doirasida ilgari ishlab chiqilgan ta’lim beradigan elektron resurslarni va nashrlarni boshqa tillardan mahalliy tillarga moslashtirish va mahalliylashtirishda ishtirok etadi;
kompyuter             asbob-uskunalaridan, axborot-kommunikatsiya
texnologiyalari bo‘yicha ta’lim beradigan resurslar va treninglardan foydalanish - samaradorligini tadqiq qilish, tahlil etish hamda monitoringini olib borishda qatnashadi;
Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutlari xodimlari uchun trening kurslarini ishlab chiqadi va ularni o‘tkazadi;
axborot-ta’lim veb-portali joylashtiriladigan server maydonchasini tashkil etadi, boshqarib borilishini ta’minlaydi;
axborot-ta’lim veb-portalini tashkil etish va kullab-kuvvatlash bilan bog‘liq tadbirlarni amalga oshiradi;
umumta’lim maktablarini axborot-ta’lim veb-portaliga ulash bo‘yicha tadbirlarni amalga oshiradi.
 
 
III. MARKAZNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI
3.1. Markaz o‘ziga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
belgilangan tartibda hududiy Xalq ta’limi boshqaruv organlaridan, hududiy Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutlaridan, Xalq ta’limi vazirligi tarkibiga kiruvchi boshqa ilmiy va ta’lim   muassasalaridan   zarur   ma’lumotlarni,   xujjatlarni,   shu jumladan, tahliliy, statistik va Markaz vakolatiga kiradigan boshqa ma’lumotlarni olish;
belgilangan tartibda hududiy Xalq ta’limi boshqaruv organlarini. hududiy Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutlarini, Xalq ta’limi vazirligi tarkibiga kiruvchi boshqa ilmiy va ta’lim muassasalarini ilgari ishlab chiqilgan ta’lim beradigan elektron resurslarni va boshqa tillardagi nashrlarni O‘zbekiston Respublikasida o‘qitiladigan tillarga moslashtirish va mahalliylashtirishga jalb qilish;
tahlillar olib borish va Xalq ta’limi tizimini axborotlashtirish dasturiga qo‘shimchalar kiritish maqsadida hududiy Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutlarida, Xalq ta’limi vazirligi tarkibiga kiruvchi boshqa ilmiy va ta’lim muassasalarida mavjud kompyuter texnikalaridan, o‘quv resurslaridan va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha treninglardan samarali foydalanish bo‘yicha tadqiqot, tahlil va monitoringlar olib borish;
Xalq ta’limi tizimini axborotlashtirish bo‘yicha dasturlar va loyixalarga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va Xalq ta’limi vazirligi rahbariyatiga kiritish;
Markaz O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega.
 
3.2. Markaz o‘ziga yuklatilgan vazifalarning samarali ijrosini ta’minlash uchun javob beradi.
 
 
IV. MARKAZ FAOLIYATINI TASHKIL ETISH
4.1. Markazga O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vaziri buyrug‘i bilan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan direktor rahbarlik qiladi.
 
4.2. Markaz direktori:
Barcha respublika, mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlarida, tijorat va notijorat tashkilotlarida Markaz vakili sifatida qatnashadi;
Markazga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun shaxsiy javobgar hisoblanadi;
Xodimlarning vakolatini aniqlaydi, ular o‘rtasidagi lavozim majburiyatlari va javobgarlik darajasini belgilaydi;
Markaz xodimlari uchun bajarilishi majburiy bo‘lgan buyruqlar va ko‘rsatmalar chiqaradi;
Belgilangan tartibda xodimlar jadvalini tasdiqlaydi, Markaz xodimlariga beriladigan moddiy rag‘batlantirish va yordamlarning xajmi hamda tartibini belgilaydi;
Markaz nomidan shartnoma va kelishuvlar, shu jumladan mehnat shartnomalarini tuzadi, Markaz xodimlarini ishga qabul qiladi va ishdan bo‘shatadi;
Qonunchilik bilan belgilangan tartibda Markaz faoliyati bilan bog‘liq boshqa vazifalarni hal qiladi.
Markaz direktori, bir vaqtda rivojlanish va tadqiqotlar bo‘limi boshlig‘i (AKT bo‘yicha bosh mutaxassis) vazifasini bajaruvchi, Markaz direktori buyrug‘i bilan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan bo‘shatiladigan bitta o‘rinbosarga ega.
Direktor o‘rinbosari unga topshirilgan vazifalar uchun ma’sul hamda direktor yo‘qligida uning vazifalarini bajaradi.
 Markaz quyidagi beshta bo‘limdan iborat:
Ta’lim beradigan multimedia ilovalarini ishlab chiqish bo‘limi;
Trening kurslarini ishlab chiqish va ularni o‘tkazish bo‘limi;
Rivojlanish va tadqiqotlar bo‘limi;
Server maydonchasini boshqarish bo‘limi;
Moliyalashtirish bo‘limi.
 
 
V. MARKAZ FAOLIYATINI QAYTA TASHKIL ETISH YOKI TUGATISH
5.1. Markazni   tugatish   yoki   qayta   tashkil   etish   qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
 
5.2. Markaz   qayta   tashkil   etilganda   yoki   tugatilganda   Markaz xodimlarining huquqlari himoya qilinishi O‘zbekiston Respublikasi Qonunchiligiga muvofiq kafolatlanadi.

Ko'rildi:25    02.05.2017