O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining “2011 va keyingi yillarga mo‘ljallangan harakat Dasturi” hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 14 yanvardagi R-3560-sonli Farmoyishining 7.1-bandini bajarilishini ta’minlash bo‘yicha Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari Qo‘mitasi tomonidan “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi qonuni ijrosi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligida o‘rganilmoqda.Shu borada, 14 aprel kuni Multimedia umumta’lim dasturlarini rivojlantirish markazida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish borasidagi ishlar o‘rganildi.
O‘rganish davomida qumita raisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari Qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Abdullayev Ilxom Zoirovich, Qumita a’zosi Sobirova Zilola Maxmadovna hamda O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi yetkachi mutaxassisi Umarov Isroil, Xalq ta’limi vaziri A.Maraximov, vazirlikning ta’lim-tarbiya jarayoniga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish bo‘limi boshlig‘i A.Asqarov va tegishli mutaxassislar mazkur markazda amalga oshirilayotgan ishlar, vazirlikning rasmiy www.uzedu.uz veb-saytiga joylashtirilgan axborot-ta’lim resurslari, rasmiy ma’lumotlar, tizimda elektron hujjat almashunuvi va boshqaruv tizimi uchun yaratilayotgan dasturlar hamda elektron-axborot ta’lim resurslari yaratilishi jarayoni bilan tanishdilar.Ishchi gur
uh tomonidan sohani yanada rivojlantirish bo‘yicha tegishli taklif va ko‘rsatmalar berildi.
| Maqola sanasi: 15 Aprel 2011 09:46 |





