Multimedia
umumta'lim dasturlarini
rivojlantirish markazi
 Uzb     Rus     Eng   
 
 
Masofaviy ta'lim
O'qishga arziydi
  Matbuot anjumani o`tkazildi
Do'stiga yuborish Do'stiga yuborish   Bosma uchun versiya Bosma uchun versiya

2011 yil 5 avgust kuni O`zbekiston Milliy matbuot markazida Xalq ta'limi vazirligi O`zbekiston davlat arxitektura va qurilish qo`mitasi bilan hamkorlikda matbuot anjumani tashkil etadi. Unda Xalq ta'limi vazirligi, davlat arxitektura va qurilish qo`mitasi rahbariyati, boshqarma, bo`lim boshliqlari va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi. Matbuot anjumani davomida yangi maktab binolarniing qurilishi, ularning zarur o`quv jihozlari bilan ta'minlanishi bo`yicha olib borilayotgan keng qamrovli ishlar haqida batafsil ma'lumot berib o`tildi. Zero, istiqlol yillarida maktab ta'limiga qaratilgan e'tibor va g`amxo`rlik samarasi o`laroq bugun O`zbekiston maktablari har jihatdan zamon talablariga javob beradi.
Matbuot anjumanida umumta'lim maktablari va maktabgacha ta'lim muassasalarining yangi o`quv yiliga tayyorligi, ularda davlatimiz mustaqilligining 20 yilligini munosib kutib olish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma'lumot berildi.
Shuningdek, yangi o`quv yili oldidan maktab o`quvchilarini darsliklar bilan ta'minlash holati, ta'lim-tarbiya jarayonlariga zamonaviy axborot-kommunikasion texnologiyalarni joriy etish, ilg`or pedagogik texnologiyalarni tatbiq etish bo`yicha amalga oshirilgan ishlar haqida ommaviy axborot vositalariga ma'lumot berildi.
Matbuot anjumanida jurnalistlar o`zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

E`tiboringizga mazkur tadbirdan lavhalarni havola qilamiz.

Maqola sanasi: 13 Avgust 2011 16:46


Yangiliklar bolimiga o'tish


Dolzarb
Hamkorlar
Mashhur maqolalar
  © Copyright 2012 O'zR XTV huzuridagi MUDRM      www.gov.uz    www.uz    www.aci.uz    www.eduportal.uz    www.uzedu.uz