Loyihaning asosiy maqsad va vazifalari
Koreya Eksport Import Banki va O‘zbekiston Respublikasi xukumatlari orasidagi kelishuvga binoan qiymati 30 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan kredit olinib, “O‘zbekiston Respublikasi umumta’lim maktablarini axborotlashtirish” loyihasi 2007-2009 yillar davomida amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.
Loyiha o‘ziga quyidagi komponentalarni olgan:
Komponenta 1. Umumta’lim maktablarini kompyuter sinflari bilan jihozlash. EDCF tomonidan moliyalashtiriladi.
Komponenta 2. Multimedia umumta’lim dasturlarini rivojlantirish Markazini tashkil etish. EDCF tomonidan moliyalashtiriladi.
Komponenta 3. Ta’lim veb portalini tashkil etish va ishga tushirish. EDCF tomonidan moliyalashtiriladi.
Komponenta 4. Ekspert ishlari. EDCF tomonidan moliyalashtiriladi.
Komponenta 5. Trening va malaka oshirish dasturi. EDCF tomonidan moliyalashtiriladi.
Komponenta 6. Xarid va monitoring bo‘yicha konsultativ xizmatlar. EDCF tomonidan moliyalashtiriladi.
Komponenta 7. Intranet maktab tarmog‘ini tashkil etish va maktablarni O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining ta’lim portaliga ulanishini tashkil etish. O‘zbekiston Xukumati tomonidan moliyalashtiriladi.
Loyiha maqsadi axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish va ta’lim jarayoniga joriy etish orqali O‘zbekiston Respublikasi umumiy o‘rta ta’limi sifatini oshirish.
Loyihani amalga oshirish natijasida:
- O”zRning 1518 umumta’lim maktabi zamonaviy o’quv kompyuter sinflar va mos mebel bilan jihozlanadi;
- Keltiriladigan jihozlardan unumli foydalanish uchun 3000dan ziyod umumta’lim maktablari o’qituvchilari tayyorlanadi;
- Ta’lim portali faoliyat ko’rsatadi va takomillashtiriladi
- Barcha maktablarni O’zRsi XTV ta’lim portaliga ulagan Intranet maktab tarmog’I faoliyat ko’rsatadi.
- Zamon talablariga ko’ra yangilanadigan o’quv multimedia resurslarini ishlab chiqish texnologik liniyasi tashkil etiladi
|